Shols Hindistonni Rossiyaga qarshi qayramoqchi
Olam
−
25 fevral 2023
11694Germaniya kansleri Olaf Shols bugun, 25 fevral kuni Yangi Dehlida Bosh vazir Narendra Modi bilan uchrashuvi oldidan Hindiston bilan munosabatlarini chuqurlashtirish niyatidaligini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shols Ukraina urushining bir yilligidan bir kun o‘tib, Hindistonga yetib kelgan va Dehlining Rossiya bosqiniga qarshi turishini qo‘llab-quvvatlashga intilayotgan G‘arb kuchlari uchun ortib borayotgan ahamiyatini ta’kidlagan.
Shuningdek, Shols Hindistonga oltita oddiy suv osti kemasini sotish bo‘yicha 5,2 milliard dollarlik shartnoma imzolashga urinmoqda. Biroq bu kabi G‘arb harbiy ishlab chiqarish kuchlarining Dehlini harbiy texnika bo‘yicha Rossiyaga qaramligidan xalos etishga qaratilgan urinishi darhol natija bermasligi kutilmoqda. Tashrifdan ko‘zlangan maqsadlardan biri iqtisodiy aloqalarni yaxshilash bo‘lsada, rasmiylar Hindistonning Moskva bilan iqtisodiy aloqalarini uzib qo‘ymasa ham, tez orada dunyodagi eng ko‘p aholiga ega bo‘ladigan mamlakatga Rossiya bosqiniga qarshi turish uchun bosim o‘tkazish zarurligini yodda tutishadi.
“Har bir mintaqaning o‘z qarashlari bor. Har bir mintaqada diplomatiya qilishning o‘ziga xos usuli bor. O‘z muzokaralarimizda kim tajovuzkoru kim qurbon ekani haqida kelishib oldik”, degan Germaniya kansleri.
Neft savdosi
Bir tarafdan, Hindiston hukumati Moskvani bosqinchilik uchun ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan bo‘lsada, urushni tugatish uchun muloqotga chaqirib kelgan. Ikkinchi tarafdan, mamlakat G‘arbning qarshiligiga qaramay, o‘zining eng yirik mudofaa texnikasi yetkazib beruvchisi bo‘lgan Rossiyadan arzon narxda neft sotib olishni keskin oshirgan.
“Ular kamroq haq to‘laydilar, hindlar buni yaxshi ko‘radi. Rossiya kamroq pul oladi, bu esa bizga yoqadi”, deydi Germaniya rasmiysi.
U Hindistondan Rossiyaga YeI va AQSH yoki boshqa davlatlar singari sanksiyalar qo‘llashini kutishning iloji yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Ta’kidlash joizki, janubiy mintaqada ko‘pchilik G‘arbning bosqinchilik haqidagi shikoyatlarini ikkiyuzlamachilik deb biladi, chunki ularning butun dunyo bo‘ylab harbiy aralashuvlar bo‘yicha uzoq tarixi bor. Hozirgi harakatlar ham ta’minot zanjiri uzilishi, inflyatsiya ko‘tarilishi va ocharchilikka olib kelishidan qo‘rqishadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 fevralida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Ukraina bo‘yicha maxsus sessiyasi chog‘ida Rossiyaga qarshi rezolyusiya qabul qilgan, unda Hindiston va yana 31 davlat betaraf qolgan edi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi