Shoir Nodir Jonuzoq Prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga Nodirjon Jonuzoqovich Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu paytgacha Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan Dilshod Kenjayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, u Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing