Shoir Mansur Jumayev 33 yoshida olamdan o‘tdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Mansur Jumayev 33 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Marhum 1991 yil 17 fevralda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Biz kutgan fasl”, “Hazrati ishq” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. She’rlari bir qator tillarga tarjima qilingan.

Shoir o‘zining falsafiy, dilkash va yurakka yaqin she’rlari bilan ko‘plab o‘quvchilarning muhabbatini qozongan.

QALAMPIR.UZ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev 68 yoshida vafot etgan edi.

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov ham bundan 8 yil muqaddam aynan 5 noyabr kuni olamdan o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mansur Jumaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing