Shohjahon Ergashev faoliyatini yakunlaydi
Sport
−
25 noyabr 2023
51440O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini tugatadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun da’vogar hisoblangan 31 yoshli bokschi 26 noyabr tongida o‘tkaziladigan puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi o‘tkaziladigan to‘qnashuv natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar profboksni tark etadi.
Ergashevning “Salita” promousheni bilan shartnomasiga ko‘ra, bokschi hali profringda bir nechta jang o‘tkazishi kerak, biroq Shohjahon sportdagi faoliyati uchun ko‘p muddat oilasidan uzoqda bo‘layotgani bois karerasini yakunlamoqchi.
Ma’lumot uchun, IBF kamari uchun bo‘lib o‘tadigan Sabriel Matias va Shohjahon Ergashev o‘rtasidagi jang 26 noyabr tongida, soat 6:30 da boshlanadi. Turnirning asosiy jangida ikkinchi o‘rta vaznda vaqtinchalik WBC chempioni Devid Benavides ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Demetrius Andrade bilan hisob-kitob qiladi.
LiveBarchasi