Shohjahon Ergashev face-to-face'da qatnashdi (video)

Sport

image

Bugun, 25 noyabr kuni Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun dav’ogar hisoblangan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev va amaldagi chempion puerto-rikolik Sabriel Matias face-to-face marosimida ishtirok etdi.

Jangga sanoqli soatlar qolganida Ergashevda vazn 1 kg ortiqcha chiqdi, biroq tez fursatlarda o‘zbekistonlik bokschi yana 1 kgga vazn tashladi va belgilangan me’yorni bajardi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Matias shu vaqtga qadar profboksda 20 ta jang o‘tkazib, 19 ta bahsda g‘alaba qozongan. 1 ta to‘qnashuvda esa imkoniyatni boy bergan. Ergashev ham 31 yoshda. Profringda O‘zbekiston vakili jami 23 ta jangda qatnashib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan.

Matias-Ergashev jangi Amerikaning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 26 noyabr tongida, soat 6:30 larda boshlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev boks Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing