Shohjahon Ergashev ertaga ringga ko‘tariladi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev ertaga, 11 avgust kuni AQSHning Detroyt shahrida meksikalik Anxel Martinesga qarshi ringga chiqadi. Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) o‘tkazilayotgan jang, 10 raund etib belgilangan.

Shohjahon professional boksdagi faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Navbatdagi jang bokschi uchun  2022 yildagi ikkinchi muhim bahsdir.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev joriy yilning may oyida o‘tgan so‘nggi jangida argentinalik Luis Alberto Veronaga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobida g‘olib chiqqandi.

Ibrohim Davronov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing