Prezident Administratsiyasi bosh konsultanti moliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
22 may 2019
4261O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi PQ-4327 sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining davlat byudjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shohruh Shoturg‘unovich Shorahmetov tayinlandi.
Shohruh Shorahmetov 1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 1999 yilda Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha bo‘linmasining bosh konsultanti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Moliya – iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.
LiveBarchasi