“Shimoliy oqim” to‘xtatilishi ortidan Yevropada gaz narxi 30 foizga oshdi
Olam
−
05 Sentabr 2022
9033Bugun, 5 sentyabr kuni Yevropada gaz narxi 30 foizga ko‘tarilib, ming kub metr uchun 2900 dollardan oshgan. Bu haqda ICE birjasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Niderlandiyadagi TTF markazida oktyabr fyucherslari narxi 1000 kub metr uchun 2896 dollargacha yoki MVt/soat uchun 279 yevroga ko‘tarildi.
Gaz narxining keskin oshishiga Rossiyaning “Gazprom” energetika xoldingining “Shimoliy oqim-1” gaz quvuri orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi sabab bo‘lgan
Eslatib o‘tamiz, “Shimoliy oqim”ning yagona ishlaydigan turbinasiga texnik xizmat ko‘rsatishda nosozliklar aniqlangani uchun noma’lum muddatga to‘xtatilgan.
Shunga qaramay “Gazprom” Yevropaga Ukraina hududidan “Sudja” gaz o‘lchash stansiyasi (GO‘S) orqali kuniga 42,7 million kub metr gaz yetkazib beryapti.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi