Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga axlat va go‘ng bilan to‘ldirilgan 150 dan ortiq sharlarni uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya 150 dan ortiq sharlarni chegara orqali Janubiy Koreyaga yubordi. Ularning ichida turli xil chiqindilar – plastik butilkalar, batareyalar, poyabzal qismlari va hatto go‘ng bor edi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib, "Yonhap" agentligi xabar berdi.

Harbiylarning ma’lum qilishicha, havo sharlari kecha, 28 may kuni kechqurun uchirilishi boshlangan. Chegarani kesib o‘tgandan so‘ng, ob’ektlar butun mamlakat bo‘ylab turli joylarga tushib, Janubiy Kyonsan provinsiyasining janubi-sharqigacha etib bordi. To‘plar batafsil tahlil qilish uchun yig‘ib olindi.

“Shimoliy Koreyaning bu harakatlari xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzadi va xalqimiz xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Biz KXDRni o‘zining g‘ayriinsoniy va qo‘pol harakatlarini zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz”, deya qo‘shimcha qildi shtab.

Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi bunday holatlar uchun xavfsizlik choralarini ishlab chiqish uchun politsiya va hukumat bilan hamkorlik qilishga va’da berdi.

Qayd etish joizki, Shimoliy Koreya hukumati o‘tgan hafta Janubiy Koreyaning varaqalar yuborishiga javoban chegara hududlariga “qog‘oz va axlat uyumlarini tashlash” rejalari haqida ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadan uchirilgan havo sharlaridan tashlangan “varaqalar va boshqa narsalar” koronavirus bilan ifloslanganligini, bu esa uning respublikada tarqalishiga sabab bo‘lganini da’vo qilgan edi. "Erkin Shimoliy Koreya uchun kurashchilar" harakati varaqalar tarqatish uchun mas’ul edi. Janubiy Koreyaning birlashish vazirligi faollardan bunday qilmaslikni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya axlat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing