Shimoliy Koreya Yaponiya tomon ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya Yaponiya tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Yaponiya harbiylarining fikriga ko‘ra, raketa mamlakat xavfsizligiga tahdid solmaydi va uning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga tushmasligi kerak. Biroq Yaponiya Sohil Xavfsizlik xizmati Yaponiya dengizidagi baliq ovlash kemalari uchun maxsus ogohlantirish bergan.

Joriy yilnig 15 yanvar kuni Gyonnam universiteti Uzoq Sharqshunoslik instituti professori Kim Don Yup ilgari paradda Shimoliy Koreya ma’murlari tomonidan namoyish etilgan “Pukkikson-5s” ballistik raketasi “dunyodagi eng kuchli qurol” ekanini aytgandi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil avgust oyida AQSHga Shimoliy Koreya 60 tagacha yadro bombasi va 5 ming tonna kimyoviy qurol bilan qurollangani to‘g‘risida harbiy hisobot taqdim etildi. Bundan tashqari, tahlilchilar Pxenyanning yangi jangovar kallaklar ishlab chiqarish quvvatini yiliga 5-6 donaga baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

583

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing