Prezident yangi qonunni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunga imzo chekdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda. 

Yangi Qonun bilan amaldagi Qonunga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun 51-54-moddalar bilan to‘ldirildi. Shuningdek, uning 4, 11, 13, 14-moddalari to‘liq, 8-moddasining nomi va uchinchi qismi, 18, 19, 24, 28-moddalari matni, 25-moddaning ikkinchi qismi yangi tahrirda bayon etildi.

Qolaversa, Qonunning 9 va 30-moddalari to‘liq, 26-moddaning esa birinchi qismi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlandi.

Qonun bilan atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining bu sohadagi ishtiroki aniq belgilab berildi.

Qonun e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing