Shimoliy Koreya AQSHni gumanitar yordamdan siyosiy maqsadlarda foydalanishda aybladi
Olam
−
12 iyul 2021
2976Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQSHni insonparvarlik yordamini davlatlarning ichki ishlariga aralashish uchun siyosiy vosita sifatida ishlatishda aybladi. AQSH COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelayotgan qiyinchiliklardan “yomon siyosiy maqsadlar” yo‘lida foydalanishda gumon qilinmoqda.
“Amalda ko‘plab davlatlar Amerikaning ko‘magi va gumanitar yordamiga katta umid bog‘lashdan umidsizlikka tushishdi. Amerikaliklarning gumanitar yordamni inson huquqlari muammosi bilan bog‘lashga qaratilgan yashirin niyati — bu ularning suveren davlatlarga bosimini qonuniylashtirish va ularning dahshatli siyosiy sxemasini amalga oshirish usuli”, deb yozadi Xalqaro iqtisodiy va texnologik almashinuvni rivojlantirish assotsiatsiyasi xodimi KXDR Tashqi ishlar vazirligida veb-saytida e’lon qilingan maqolasida.
Kan Xen Chxorning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo COVID-19 pandemiyasi tufayli jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda va AQSH ushbu azob-uqubatlardan “yomon siyosiy maqsadlar” yo‘lida foydalanishga harakat qilmoqda.
Shimoliy Koreya mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar mavjud emasligini da’vo qilmoqda. Biroq, o‘tgan yilning boshidan buyon bu yerda pandemiyaga qarshi qattiq choralar ko‘rilgan. Jumladan, chegaralarni qattiq nazorat qilinmoqda. Iyun oyi oxirida Koreya Ishchilar partiyasi Bosh kotibi Kim Chen In mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha partiyaning qarorlarini bajarishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning mas’uliyatsizligi jiddiy oqibatlarga olib kelganini aytgandi.
LiveBarchasi