Shifokorlar adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

Olam

−

image

AQSHning Ohayo shtatida shifokorlar saraton sabab amputatsiya qilinishi kerak bo‘lgan o‘ng oyoq o‘rniga bemorning sog‘lom chap oyog‘ini kesib tashladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Da’voga ko‘ra, Sharon Jeks 2025 yilning sentyabr oyida saraton bilan zararlangan o‘ng oyog‘ini tizzadan past qismidan amputatsiya qildirish uchun Selbi umumiy shifoxonasiga murojaat qilgan. Biroq jarrohlik amaliyoti vaqtida tibbiyot xodimlari uning sog‘lom chap oyog‘ini amputatsiya qilgan. Shundan so‘ng, Jeks ikkala oyog‘idan ham ayrilgan.

Jeks va uning advokati Bred Leyn tomonidan sudga 32 sahifalik da’vo arizasi kiritilgan. Unda jarrohlik guruhi tomonidan bemor xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilinmagani ta’kidlangan. Advokatning aytishicha, operatsiya davomida xatoni aniqlash va uni to‘xtatish uchun bir nechta imkoniyat bo‘lgan, biroq tibbiyot xodimlari noto‘g‘ri oyoqda operatsiya qilinayotganini payqamagan.

“Bunday xato hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak. Buning uchun hech qanday bahona yo‘q”, deya ma’lum qilgan Leyn.

Uning aytishicha, bir nechta tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida Jeks umrining qolgan qismida ushbu holat bilan yashashiga to‘g‘ri keladi. Hozirda Jeks shifokor va tibbiyot muassasasiga qarshi sud orqali kompensatsiya talab qilmoqda. Ish bo‘yicha yakuniy sud qarori hali chiqarilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada shifokorlar bemorning kasallangan qulog‘i o‘rniga sog‘lom qulog‘ini operatsiya qilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, oldinroq Farg‘onada shifokor bemorning chap oyog‘ini kesish o‘rniga ikkala oyog‘ini ham kesib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgani uchun 4 yil ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing