Shifokorga borish shart bo‘lgan bosh og‘rig‘i turlari aytildi 

Salomatlik

image

Og‘ir yoki takroriy bosh og‘rig‘i kuzatilsa, jiddiy patologiyalarni istisno qilish uchun darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Bu haqda nevrolog Nadejda Boyarinova ma’lumot berdi. 

Uning fikriga ko‘ra, mutaxassisga o‘z vaqtida tashrif buyurish miya shishi kabi tashxislarni istisno qilishga yoki insult xavfini bartaraf etishga yordam beradi. 

“Qoidaga ko‘ra, insonning o‘zi bosh og‘rig‘ining sabablarini aniqlay olmaydi, hatto ko‘pchilik buni qilishga harakat ham qilmaydi, balki og‘riqni turli xil og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan bostirishadi, bu mutlaqo noto‘g‘ri, chunki kasalliklarga o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun qimmatli vaqtni yo‘qotish mumkin”, deydi u. 

Shu bilan birga, shifokorga borishni kechiktirish miyaning keng miqyosli shikastlanishiga va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Boyarinova nevrologga tashrifni kechiktirish mumkin bo‘lmagan holatlarni sanab o‘tdi: agar bosh oyiga bir necha marta og‘risa, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘rish qobiliyati yomonlashishi, nutqning buzilishi va harakatlarni muvofiqlashtirish kuzatilsa. Bundan tashqari, agar og‘riq uyquga xalaqit bersa, shifokorga murojaat qilish kerak, bu o‘smaning alomati bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing