Shifokor iPhone 13 Pro Max'dan ko‘zni muolaja qilishda foydalandi 

Texnologiya

image

iPhone 13 Pro Max’ning makrosyomka funksiyasidan ko‘zni muolaja qilishda ham ishlatish mumkin. Bu haqda doktor Tommi Korn ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, oftalmolog yangi iPhone’dan bemorlar ko‘zini tekshirishda foydalangan. Makrosyomka sabab Korn ko‘zning o‘ta mufassal tasvirini olgan va undan foydalanib, bemor salomatligi borasidagi muhim ma’lumotlarni aniqlagan.

Shifokor shohparda transplantatsiyasini boshdan o‘tkazgan bemorning tikilgan choklarining bitayotganini muntazam tekshirib turish uchun o‘zining yangi smartfonidan foydalangan.

“Ko‘zning makro tasvirlarini olish uchun shu hafta mobaynida IPhone 13 Pro Max’dan foydalanib kelyapman. Qoyil qoldim. Smartfon oftalmologiya va telemeditsina sohasida innovatsiya qildi. Fotolar shoh parda transplantatsiyasidan keyingi bitayotgan choklarni ko‘rsatadi. Suratlarni e’lon qilish uchun bemordan rozilik olingan”, deya doktor o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida izoh qoldirgan.

Okulist Jeffri Lyuis va Tommi Korn smartfonlardagi makro kamera telemeditsinani rivojlantirishga yaxshigina hissa qo‘shishini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, smartfonlarning makro kamerasidan foydalanib, ob’ektlarni juda yaqindan surat va videoga olish mumkin.

Avvalroq, Apple kompaniyasi depressiyani aniqlash texnologiyasi ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing