Sherzod Qudbiyevga yana bir vazifa yuklandi
Jamiyat
−
22 aprel 2022
14150Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Davlatovich Qudbiyevga Fiskal institut rektori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, Sherzod Qudbiyev 1981 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2003 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.
2016 – 2018 yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokimlik qilgan. 2018 – 2020 yillarda Mehnat vaziri lavozimida foliyat yuritgan. 2019 yil avgust oyi oxirida Prezidentning maslahatchisi etib tayinlangan. 2020 yildan boshlab Davlat soliq qo‘mitasiga raislik qilib kelmoqda.
LiveBarchasi