“Sherif” darvozaboni “Real” bilan o‘yinda tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

Kecha, 28 sentyabr kuni “Sherif” jamoasining 28 yoshli gretsiyalik darvozaboni Georgios Atanaciadis UEFA Chempionlar Ligasi 2-turining asosiy qahramonlaridan biriga aylandi.

Gap shundaki, u “Santyago Bernabeu”da “Real”ga qarshi kechgan o‘yinda 11 ta seyv amalga oshirgan. Musobaqa tarixi davomida boshqa hech qaysi darvozabon bu ishni uddalay olmagan.

Bundan avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkich, SSKA darvozaboni Igor Akinfeyev va “Milan” sobiq posboni Didaga tegishli edi. Har ikkisi “qaymoqranglilar”ga qarshi bahsda 8 ta aniq zarbani bartaraf eta olgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Sherif” o‘rtasidagi bahs 1:2 hisobida moldovaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboyev dastlabki golga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Sherif Jasurbek Yaxshiboev Georgios Atanasiadis Tarixiy natija

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing