Shengen zonasiga qozog‘istonliklar vizasiz kirishi mumkinmi? Muzokaralar o‘tkazilmoqda 

Olam

image

Qozog‘iston diplomatlari mamlakat fuqarolariga Shengen zonasi mamlakatlariga vizasiz rejim taqdim etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar berdi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralar uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda.

“Shengen hududi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlarining roziligi talab qilinadi. Bizda bir tomonlama vizasiz rejim mavjud (Shengen mamlakatlari fuqarolari uchun Qozog‘istonga tashrif buyurganlarida). Biz bu zonani biz uchun ham vizasiz qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz”, deydi Smadiyarov.

Shuningdek, u Lotin Amerikasi davlatlari qozog‘istonliklarga vizasiz rejim taqdim etishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. Chunki bu davlatlarga Qozog‘istondan kelayotgan sayyohlar soni ortgan.

“Lotin Amerikasi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari rahbariyati ushbu masalalarni ko‘rib chiqish so‘rovini bildirdi. Arab davlatlari ham manfaatdor”, deya qo‘shimcha qilgan TIV vakili.


Maqola muallifi

Teglar

Shengen zonasi qozog'istonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar