“Shaytanat”dagi Abdurahmon tabib roli ijrochisi 81 yoshida vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 11 avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, san’at arbobi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Muhammad Rafiqov  81 yoshida vafot etdi.

Aktyor va rejissyor Muhammad Rafiqov 1940 yil 26 oktyabrda Buxoro viloyatida  tug‘ilgan. 1994 yil mart oyidan buyon rejissyor sifatida faoliyat ko‘rsatib, ko‘plab ko‘rsatuvlari, shuningdek, ijro etgan rollari bilan teletomoshabinlar e’tiborini qozongan. 

Jumladan, “Bobur” telefilmida Shayboniyxon, “Amir Muzaffarxon”da Muzaffarxon, “Hakim va ajal” videofilmida Ibn Sino, “Imom al-Buxoriy” serialida Al-Buxoriy, “Sohibqiron” serialida Amir Temur, “Shaytanat” videofilmida Abdurahmon tabib, “Qo‘qon shamoli” filmida Shayx ul-Islom kabi 50 dan ortiq obrazlarni mahorat bilan ijro etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Muhammad Rafiqov o‘zining rollarida inson ichki dunyosini, kechinmalarini hayotiy talqin eta olishi bilan ajralib turar edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing