Shayxontohurdagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Jamiyat

image

2020 yilning 25 yanvar, tungi soat 23:29da Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, “Islomobod” MFY, Ko‘kcha tor ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in kelib chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida uy jihozlari, tom qismi va uyning 60 kv.m. maydoni yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovor bo‘linmalari manzilga soat 23:33 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 24:00 bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida halok bo‘lgan va jabrlaganlar yo‘q. Hodisa sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

“Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishingizni so‘rab qolamiz”, Toshkent shahar FVB xabarida.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Shayxontohur

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing