Shayx Abdulaziz Mansurning “Koran. Kratkiy kommentariy” kitobi nashr etildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 noyabr kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar bo‘limi bilan hamkorlikda taniqli olim, shayx Abdulaziz Mansurning “Koran. Kratkiy kommentariy” (Qur’oni Karim oyatlari ma’nolarining rus tilidagi tarjimasi) kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytgacha Qur’oni Karimning ma’nolari xorijda va Rossiyada rus tiliga 16 marotaba tarjima qilingan. 2018 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Tafsiri hilol” kitobi ham rus tilida e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, shayx Abdulaziz Mansur Qur’oni Karimning qisqa sharhli arabcha matnini to‘g‘ridan to‘g‘ri rus tiliga tarjima qilgan. Uning tahririga filologiya fanlari doktori Gulxumor To‘ychiyeva, tarix fanlari doktori Ahadjon Hasanov, professor Ubaydulla Uvatov jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qur'on Shayx Abdulaziz Mansur

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing