Prezident va uning rafiqasi sharafiga qabul marosimi tashkil etildi
Jamiyat
−
20 fevral 2020
10235O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi. Davlat rahbariga rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda.
Rasmiy tadbirlar yakuniga yetgach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an tomonidan qabul marosimi tashkil etildi. Ular birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi.
Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.
LiveBarchasi