Shavkat Umurzoqov Toshkent hokimi bo‘ldi
Jamiyat
−
03 aprel
170872023 yilning mart oyidan beri Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Shavkat Umurzoqov shahar hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etish joizki, oldinroq Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun, 3 aprel kuni O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Umurzoqov 1979 yilda tug‘ilgan. 2011 yilning iyun oyidan 2013 yilning sentyabrigacha Toshkent viloyati prokuraturasida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 2013-2018 yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentini boshqargan. Umurzoqov “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida ham ishlagan.