Naqd pul bo‘yicha Prezident farmoni muhokamaga qo‘yildi
Jamiyat
−
25 iyun 2019
10361O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada erkinlashtirish hamda pul tushumlari ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada erkinlashtirish, uning hajmini keskin oshirish, hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ushbu sohadagi pul aylanmasi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish orqali byudjet daromadlariga qo‘shimcha manbalarni jalb etilishiga erishish asosiy maqsad.
Aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini (onlayn NKM) bosqichma-bosqich joriy etish belgilanmoqda.
Tajriba loyiha sifatida onlayn NKMlaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahrida yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilish bayon etilgan.
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari onlayn NKM yoki virtual kassadan to‘liq foydalanishga o‘tgan taqdirda:
ularga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiyati bekor qilinadi;
Toshkentda onlayn NKM tajriba loyihasi ishga tushiriladi:
• tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish, xizmatlar ko‘rsatish va xodimlar ish haqini (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qolgan holda) berish maqsadlari uchun kunlik naqd pul tushumini to‘liq o‘z ixtiyorida qoldirish huquqiga ega bo‘ladi;
• keyinchalik sotish maqsadida cheklanmagan miqdorda naqd pulda tovarlar sotib olishga hamda naqd pulga sotib olingan tovarlarning (benzin, dori-darmon va boshqa aksiz osti tovarlar bundan mustasno) summasidan qat’iy nazar hisobvaraq-faktura va xarid cheki yoki aholidan xarid qilingan hollarda mahsulot sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat asosida kirim qilish huquqiga ega bo‘ladi;
• kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish hamda ish kuni oxirida har bir nazorat-kassa mashinasi bo‘yicha kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyati bekor qilinadi;
• 2020 yil 31 dekabrga qadar har bir kassa uchun onlayn NKM xarid qilish, o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlari tadbirkorlik sub’ektlarining foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi yoki qat’iy belgilangan soliq to‘lovi hisobidan, biroq to‘lov muddatida amalda bo‘lgan eng kam ish haqining (bazaviy hisoblash miqdorining) 10 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytiriladi;
• Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladigan virtual kassa dasturiy mahsulotining bazaviy qismi bepul beriladi;
Bankomatlar orqali naqd pul olishda foiz to‘lovini chegaralash taklif qilindi. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish joylarida sotish huquqi soddalashtirilgan shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ro‘yxatga qo‘yish orqali qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda oylik yig‘imlarni muntazam to‘lash hamda onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilish sharti bilan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beriladi”,- deyilgan qaror loyihasida.
Hujjat loyihada qayd etilishicha, jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlari asosida o‘tkazilgan bonuslar (pul, ball va boshqa birliklar) shaklidagi mablag‘lar (cashback) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasi sifatida qaralmaydi.
LiveBarchasi