MYU transfer “yurishi”ni boshladi. Endi navbat xavbeklarga

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Kristal Pelas” jamoasi himoyachisi Aaron Uan-Bissakani o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Xorij OAV futbolchi va “Manchester Yunayted” o‘rtasida 5 yillik shartnoma imzolangani haqida ma’lum qilindi. O‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Shuningdek, jamoa tarkibga Madridning “Real” klubi xavbeki Garet Beylni qo‘shib olish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda. O‘z navbatida “qirollik klubi” Pogba transferiga Beylni qo‘shish istagida bo‘lib turibdi. Ammo, “qizil iblislar” fransiyalik yarim himoyachisini qo‘yib yuborish niyatida emas.

Oldinroq, MYU “Arsenal”ning gabonlik hujumchisi Per Emerik Aubameyangni o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaralar o‘tkazayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Arsenal Manchester Yunayted Aaron Uan-Bissaka

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing