Olimjon Umarov Bosh vazir maslahatchisi etib tayinlandi
Jamiyat
−
27 may 2020
12072Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi lavozimida ish boshladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u 2017 yilning yozidan buyon AKT vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi