O‘zbekistonga kelayotgan YeXHT missiyasining vazifalari nimalardan iborat?

Jamiyat

image

Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston parlamenti – Oliy Majlisga saylov o‘tkazilishi munosabati bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi (DIIHB) Ehtiyojlarni baholash missiyasining (EBM) O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. EKBni Markaziy saylov komissiyasining taklif qilgan.

DIIHBning missiyasi O‘zbekistonga ilk bor saylovlardan olti oy oldin taklif etildi. Ushbu missiya DIIHBning amaliyotiga ko‘ra odatda, muayyan saylovlar boshlanishidan oldin mamlakatdagi saylovoldi holatni, shu jumladan, saylovlarga tayyorgarlikni baholash maqsadida yuboriladi.

Uning vazifasi – DIIHBning saylovlarning kuzatish bilan bog‘liq tadbirlarining maqsadga muvofiqligiga taalluqli tavsiyalarni ishlab chiqish va bu tadbirlarni zaruratga qarab qaysi formatda amalga oshirilishi mavjud ehtiyojlarga javob berishiga aniqlik kiritishdan iborat.

Tashrif doirasida Missiya ekspertlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Markaziy saylov komissiyasi, shu bilan birga, bir qator davlat xokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

saylov EXHT Markaziy saylov komissiyasi

Baholaganlar

7

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing