O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana 9400 so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2019
4830O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 17 sentyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9411,30 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 15,67 so‘mga qimmatladi.
1 yevro kursi esa 60,57 so‘mga qimmatlab, 10421,13 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 3,55 so‘mga qimmatlashib, 1 rubl 146,51 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel