Ortiqxo‘jayevdan bemorlarga iltimos: “Ko‘proq yuring”

Jamiyat

Xabaringiz bor, Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlari koronavirusga chalingan bemorlarni davolash va taqsimlash markaziga aylantirilgan. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bir oyog‘i kar kuni ushbu markazda. Hokim kuni kecha yana bir bor markazga borib, bemorlar xolidan xabar oldi. Ular bilan suhbatlashdi va ko‘proq ochiq havoda yurishni tavsiya qildi. 

Ushbu markazga joylashtirilgan fuqarolardan biri Ortiqxo‘jayevga sharoitlar haqida gapirarkan, tashqaridan yoki uydan biror narsa buyurtma qilishga ehtiyoj yo‘qligi, taomlardan mamnun ekanlarini aytadi.  

“O‘zim bozorda savdo qilardim, uch oydirki, daromadim yo‘q. Shifoxonaga bormayman degandim. Bu orada mahallaga ham yordam so‘rab chiqdim. Kelib ko‘rdimki, sharoitlar juda zo‘r, hech kim qo‘limizga qaramadi, pul so‘ramadi”, deydi davolanayotgan ayol.

Ortiqxo‘jayev ular bilan muloqot qilarkan, bugungacha koronavirus bemorlarini davolayotgan eng zamonaviy shifoxonalarda ham yo‘lga qo‘yilmagan, ammo har qanday kasallikni davolashda eng muhim vosita bo‘lgan jismoniy faollik – ko‘proq piyoda yurishni iltimos qildi. 

“Ertalab sahar turib yuringlar, harakat qilinglar. Ko‘proq yurasizlar, bunga ruxsat bor. Yurmasangiz bu kasallikni yengga olmaysiz. Men ham o‘zimni asrash uchun har kuni 10 km yuraman. Qo‘rqmaslik kerak, kasallikda eng yomoni ham qo‘rquv”, deydi Ortiqxo‘jayev. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

189

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing