Video: Orolbo‘yidagi Sudoche ko‘li yonyapti. U yerda flamingo va boshqa noyob qushlar yashardi
Jamiyat
−
05 iyul 2019
9744Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi qo‘riqxonaga aylantirilgan Sudoche ko‘lida yong‘in chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in tasvirlangan video tarqaldi.
Kecha, 4 iyul kuni tumanda momaqaldiroq va yashin kuzatilgan. Taxminlarga ko‘ra, yashin ko‘ldagi quruq qamishlarning yonishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, ko‘l flamingo, yovvoyi oqqush va boshqa kamyob qushlar uchun ozuqalanish va yashash joyi vazifasini o‘taydi.
Joriy yilning aprel oyida Sudoche ko‘liga pushtirang flamingolar qaytgani va ular ikki oy davomida shu yerlarda bo‘lishi aytilgandi. Bundan tashqari, bu yerlarda to‘xtab tuxum qo‘yadigan pushtirang flamingo qushlari soni juda ko‘paygandi.
LiveBarchasi