G‘ulomjon Samadov Prezident Administratsiyasidagi lavozimlardan birini egalladi
Jamiyat
−
01 iyul 2020
9681O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatida xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladi. Unga ko‘ra, Xalqaro press-klub prodyuseri, jurnalist G‘ulomjon Samadov Prezident Administratsiyasining tadbirlar yoritilishini tayyorlash sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, Nosirjon Jamoliddinovich Jo‘rayev tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’basi yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparati ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Dilnoza Murodovna Ziyamuhamedova Prezident Administratsiyasining ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, bugunning o‘zida Hukumat qarori bilan bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligi – O‘zA direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
LiveBarchasi