Los-Anjeles mashhur basketbolchi sharafiga tilla va siyohranga kirdi

Olam

image

27 yanvar kuni tunda AQSHdagi eng mashhur osmono‘par bino — Los-Anjelesdagi 102 qavatli Empire State Building mashhur basketbolchi Kobi Brayant xotirasiga uning jamoasi rangi — tilla va siyohranga burkaldi. Ushba ranglar Amerikaning  “Los-Anjeles Leykers” jamoasining rangi bo‘lib, Brayant ushbu klubda 20 yil faoliyat yuritgan.

“Bu kecha bizning chiroqlarimiz tilla va siyohrang bo‘lib porlaydi. Biz ushbu yo‘l bilan Yer yuzidagi millionlab odamlarni o‘z o‘yini bilan quvontirgan va bizni erta tark etgan basketbol afsonasi Kobi Brayant xotirasiga hurmat bildiramiz. Biz ruhan va yurakdan ushbu fojiadan aziyat chekkan barcha bilan birgamiz”, deb yozilgan Empire State Building’ning Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni soat 10:00 lar atrofida Kaliforniya janubidagi Kalabasas shahrida 41 yoshli basketbolchiga tegishli Sikorsky S-76 vertolyoti halokatga uchragan. Vertolyotda Brayantning 13 yoshli qizi Janna Mariya, uning dugonasi va otasi jami 10 kishi bo‘lgan. Halokatda ularning barchasi qurbon bo‘lgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing