Koronavirus qurbonlari soni 3400 ga yaqinlashdi

Olam

image

Bugun, 6 mart holatiga dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusini yuqtirb olganlar soni 98 421 nafarga yetdi. Virus bugungi kunda Xitoydan tashqari Janubiy Koreya, Italiya va Eronda avj oldi.

Koronavirusga chalinganlarning 55 632 nafari kasallikdan davolandi. Og‘ir ahvolda bo‘lgan bemorlar ham kamaya boshladi. Bugungi kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 16 foizi yoki 6272 nafari og‘ir ahvolda qolyapti.

COVID-19 koronavirusidan vafot etganlar dunyo bo‘yicha 3385 nafarga yetdi. Ularning 3042 nafari Xitoy, 40 nafari Janubiy Koreya, 148 nafari Italiya va 108 nafari Eronda qayd etilgan.

Koronavirus kirib borgan mamlakatlar soni 89 taga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing