Toshkent-Minsk avtopoygasi start oldi

Jamiyat

image

UzAuto Motors Service & Trade-In Center maydonidan Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillarida Toshkent-Minsk avtopoygasi start oldi.

Poyganing 4 ming kilometrlik yo‘nalishi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Belarus hududidan o‘tadi. Avtopoygadan ko‘zlangan maqsad iste’molchilar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini ko‘rsatishdir.

Belaruslik OAV vakillari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Asaka avtomobil zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirildi.

Ular ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida zavod rahbariyati O‘zbekistondagi avtomobilsozlik sohasining muhim jihatlari haqida so‘zlab berdi.

Avtopoygada belaruslik jurnalistlar va ularning suratga olish guruhi qatnashadi. Ular mazkur poygalardan reportajlar tayyorlab boradi. Avtopoyga vaqtida tayyorlangan materiallar Belarus Respublikasining asosiy internet-portali – Tut.by, Onliner.by, Av.by, Abw.by da chop etiladi.

Avtopoyga tashkilotchisi UzAuto Motors kompaniyasi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent-Minsk avtopoygasi start oldi

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing