Xalqimiz kambag‘allikni boshidan kechirsa ham birovga gapirmaydi – Tanzila Norboyeva
Jamiyat
−
28 fevral 2020
6967Xabaringiz bor, bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘zi ishini boshladi. Senat raisi Tanzila Norboyeva yalpi majlis ochilishidagi nutqida kambag‘allik haqida fikr bildirdi. Xususan, u shu vaqtgacha kambag‘allik masalasi shu vaqtgacha ochiq-oydin aytilmaganini aytib o‘tdi.
“Bugun o‘zingiz sezib turibsiz, xalqimiz parlamentga, ayniqsa, mahalliy kengashlarga katta ishonch bilan, umid bilan qarab turibdi. Vakolatlarimiz ham kuchaytirildi. Davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlab turishi ham ayni haqiqat.
Kecha davlatiiz rahbari o‘tkazgan selektor majlisida aytib o‘tilgan kamabag‘alilkni kamaytirish masalasini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Mana shu masala biz senatorlar zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifa deb hisoblayman. Chunki, O‘zbekiston tarixida ilk bor kambag‘allik borligi tan olindi va 4-5 mln aholi kambag‘allikda yashayotgani e’tirof etildi.
O‘zbekiston mustaqilligi tarixida bunday masala kun tartibiga qo‘yilmasdi. Bu masalani ochiq-oydin aytish uchun davlatimizda 3 yildan beri tayyorgarlik olib borildi. Birinchi navbatda tizimli institutsional baza yaratildi”, deydi Norboyeva.
Senat raisi kambag‘allik bugun olib borilayotgan islohotlarning eng og‘ir nuqtasi ekanini aytib o‘tdi.
“Kambag‘allik olib borilayotgan islohotlarning eng og‘ir yo‘nalishi, eng og‘ir masalasi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bu masala birinchi navbatda odamlarning dunyoqarashi bilan ishlashni taqozo etadi. Bizning xalqimiz oriyatli, kambag‘allikni boshdan kechirsa ham birovga gapirmaydigan xalq.
Davlat tomonidan bu borada juda katta mablag‘lar ajratish rejalashtirilyapti. Mana shu mablag‘larni o‘rnida ishlatish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yil oxirigacha esa kambag‘allikda yashayotgan aholimizning hayotini yengillashtirish va ularning sonini keskin qisqartirish masalasi qo‘yildi”, dedi Tanzila Norboyeva.
Yuqori palata rahbari senatorlarni hech bo‘lmaganda o‘zlari saylangan hududlarda kambag‘allikni kamaytirishda faol bo‘lishga chaqirdi.
“O‘zimiz saylangan okruglarimizda kambag‘al oilalar ro‘yxatini tuzib, ularning shanini ehtiyot qilib, tadbirkorlikka o‘qitish ishlariga ko‘maklashishimiz kerak bo‘ladi”, deya fikr bildirdi Norboyeva xonim.
LiveBarchasi