Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
22:14 394 1 daqiqa
Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Belgrad shahridagi Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qo‘ygan.

Qayd etilishicha, Prezidentning Serbiyaga ilk rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab bergan. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzolagan. Bundan tashqari, ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlagan salmoqli hujjatlar to‘plami almashilgan.

O‘zbekiston yetakchisiga Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berilgan.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida ikki davlat rahbarlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etgan.
Rasmiy tashrif yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketgan.

Serbiya havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qilgan.
Live
Barchasi