Shavkat Mirziyoyevning Olmazor tumaniga borishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 24 may kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishish maqsadida  Olmazor tumaniga borishi kutilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida Olmazor tumani Qoraqamish 1/2  dahasidagi “River park” soy bo‘yi sayilgohi, shu hududga tutash замонавий kutubxona majmuasi, Kovorking markazi hamda “Yoshlik” talabalar shaharchasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi kutilmoqda. 

Ayni paytda bu hududlarda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda.  Jumladan, Olmazor tumanida o‘zgacha ko‘rinishli “River park” sayilgohi yaqinidagi yo‘lda yangidan asfalt yotqizildi. 

Aytish kerakki, bir paytlar turli choyxonalar, odamlarning uylariga tutashib ketgan pana-pastqam garajlaru, odam yurishga istihola qiladigan tashlandiq holga kelib qolgan hudud atrofi bugun tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. 

Yangidan barpo etilgan sayilgohda Eyfel minorasi, Misr ehromlari, Luvr piramidasi, Piza minorasi, Big ben soati, Minorai kalon kabi mashhur inshoatlarning kichraytirilgan maketlari barpo etildi. Soy bo‘ylab bir nechta favvoralar, aholi mazmunli dam olishi uchun ochiq osmon ostidagi mo‘’jaz kinoteatr, milliy taomlar oshxonasi ham faoliyat yurita boshladi. Soyning har ikkala tarafida velosiped uchun maxsus yo‘laklar barpo etildi. Hududda shuningdek, restoranlar, dam olish maskanlari, Kovorking markazi, fitness klubi va aholiga xizmat ko‘rsatish shohobchalari barpo etildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing