Shavkat Mirziyoyevning qasamyod marosimidan fotoreportaj 

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, bugun, 6 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizomxo‘jayev ochdi. U 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi demokratik tamoyillar asosida, faol siyosiy raqobat muhitida o‘tganini ta’kidladi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini qayd etdi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi ishtirokchilar nomidan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi va unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini topshirdi.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq, qasamyod qildi:

“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz madhiyasi yangradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing