Shavkat Mirziyoyevga Pokistonning oliy davlat mukofoti berildi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 6 fevral kuni “Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini O‘zbekiston rahbariga tantanali ravishda topshirgan.

Ushbu nufuzli mukofot ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarning munosib e’tirofi hamda O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etilgan.

O‘zbekiston – Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib borishiga ishonch bildirilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur yuksak mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, AQSH sobiq prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi sobiq prezidenti Nelson Mandela, Tailand Qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA sobiq prezidenti Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi sobiq raisi Xu Szintao, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqalarga berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Pokiston Nishoni Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing