Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Samarqandga boradi
Jamiyat
−
22 avgust 2022
7733Joriy haftada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 22 avgust kuni davlat rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilish rejalashtirilgan.
Hafta davomida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish maqsadida Prezidentning Samarqand viloyatiga borishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Prezident hafta davomida mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlanagan bir qator yig‘ilish va muhokamalarni o‘tkazadi.
LiveBarchasi