Shavkat Mirziyoyev zargarlik sanoatini rivojlantirishga oid qarorni imzoladi
Jamiyat
−
17 may 2019
4397Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik sanoati rivojlanishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan 2019 yil 1 iyuldan quyidagicha tartib o‘rnatiladi:
qimmatbaho metall va toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘zlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlari va boshqa mahsulotlarni mustaqil ravishda sinab ko‘rish huquqi va belgilangan namunadagi belgi qo‘yishga ruxsat beriladi. Bunda ishlab chiqaruvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsiy tamg‘asi bosilishi hisobiga davlat tekshiruvidan o‘tkazilmaydi;
shu bilan birga tamg‘alash va sinovdan o‘tkazishda qoidani buzgan, namunaga to‘g‘ri kelmaydigan zargarlik buyuklarini sotuvga chiqaruvchi ishlab chiqaruvchilar qonunchilikka muvofiq javobgarlika tortiladi hamda zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanish to‘g‘risidagi litsenziyadan mahrum qilinadi;
zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyasi bor xususiy tadbirkorlar mustaqil ravishda o‘z mahsulotini chakana savdoga chiqarishi, shuningdek, aholidan qimmatbaho metallarni sotib olishi mumkin bo‘ladi;
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar qimmatbaho metallarni saqlash ishlab chiqarish va sarflash tartibini o‘zi belgilaydi;
jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidan umumiy qiymati 5 ming AQSH dollaridan oshmaydigan miqdorda zargarlik buyumlarini olib ketishga ruxsat etiladi;
oltin izlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni ta’minlash uchun qimmatbaho va yarimqimmatbaho metallar qazib chiqarish bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
LiveBarchasi