Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisini qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 iyul kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovichni qabul qildi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, innovatsiyalar, migratsiya va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida tashkilot tuzilmalari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini alohida ta’kidlagan.

Tegishli memorandum va 2023 yillarga qadar davrga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi amalga oshirilmoqda. Bugun hamkorlikning qo‘shimcha yo‘nalishlari ro‘yxati imzolandi.

YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari ijobiy sur’at bilan o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Savdo to‘siqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish, loyihaviy hamkorlikni rivojlantirish, tranzit sohasidagi dastur va loyihalarni ilgari surish, migratsiya tartibotlarini soddalashtirish va o‘zaro sayyohlar oqimini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qo‘shma Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing