Mirziyoyev Putinga ta’ziya yo‘lladi
Jamiyat
−
23 mart 2024 12833 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi bildirilgan.
Prezident vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avavlroq Moskvada terakt boshlangani va qurbonlar soni ortib borayotgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel