Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon tarixiy ahamiyatga ega hujjatni imzoladi

Jamiyat

image

Bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tarixiy ahamiyatga ega Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.

Bundan tashqari, hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 11 ta hujjat imzolandi.

Jumladan:

•  Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

•  madaniyat vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

•  O‘zbekistonning Jizzax viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

•  Atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

•  Ipakchilik tarmog‘ida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

Eslatib o‘tamiz, bugun Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

448

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing