Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi
Jamiyat
−
13:17 1282 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun o‘zbek xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidlagan.
Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etilgan.
“Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!”, degan mamlakat yetakchisi.
Fidoyi va bunyodkor vatandoshlar, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun o‘zbek xalqiga chuqur minnatdorlik bildirilgan.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, bugun, 26 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Live
Barchasi