Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va shifokorlar oyligini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini aytdi

Jamiyat

image

Muallim va shifokorlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda shunday taklif berdi.

O‘qituvchi va shifokorlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirish uchun 2022 yilda davlat byudjetidan 350 mlrd so‘m ajratiladi.

Shuningdek, kelgusi yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti loyihasida, ijtimoiy yo‘nalishlarga, xususan, ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

“Ta’lim va tibbiyot tizimiga hech qachon bunday mablag‘ ajratilmagan. Xalqimiz buni bilishi kerak. Ta’lim va tibbiyotga inson kapitalini rivojlantirish uchun 58 trln so‘m ajratiladi. Orderga 600 mlrd. Bu bizning tizimda yangilik. Kasalning o‘ziga pul beramiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mamlakatdagi 10 mingdan ortiq mahallaning har biriga ham mablag‘ berilishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing