Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
11 dekabr 2322 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan bugun, 11 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi.
Bugun, 12 dekabr kuni davlat rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025 yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Avaza shahriga tashrif doirasida Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning to‘ng‘ich qizi Oguljahon Otaboyeva bilan uchrashgandi. Mirziyoyevaning bildirishicha, uchrashuvda gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, bolalikni himoya qilish sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilingan.