Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga safar qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-21 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga tayanib, “Orient” nashri xabar berdi.

Tashrif doirasida Ashxoboddagi Turkmaniston-O‘zbekiston muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston poytaxtidagi “Ashxobod” bog‘ining ochilishiga javob harakati sifatida Turkmaniston poytaxtida “Toshkent” bog‘i ochiladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning davlat rahbari maqomida O‘zbekistonga ilk tashrifi joriy yilning 14-15 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. O‘shanda Toshkentda hukumat va idoralar darajasida yirik qo‘shma hujjatlar to‘plami hamda kompaniyalar o‘rtasida eksport-import shartnomalari imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing