Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston TIV rahbarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Jamiyat
−
27 avgust 2022 4828 1 daqiqa
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga tashrifi doirasida Rashid Meredovga O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini, strategik sherikchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun “Do‘stlik” ordenini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidentining tegishli Farmonini Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov o‘qib eshittirgan.
Rashid Meredov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning faoliyatiga berilgan yuksak baho va “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirgan.
Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bundan buyon ham ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va strategik sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish niyatida ekanini ta’kidladi.
Live
Barchasi