Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 26 iyul kuni “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazining Kongress xollida  “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.  “Dunyo” agentligi xabariga ko‘ra, anjumanni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kirish so‘zi bilan ochdi.

O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi.

Prezident o‘z murojaatida konferensiya ishida BMT Bosh kotibi vakili, janob Markus Potselning ishtirok etayotgani BMTning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga sodiqligidan dalolat berishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, YeI va Yevropa davlatlari, Xitoy, Rossiya, AQSH, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining maxsus vakillari ishtirok etishi bugungi uchrashuvning ahamiyatini yanada oshirgani qayd etdi. Forum ishtirokchilari Afg‘oniston muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda, afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishda bevosita ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev murojaatida Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti rahbarlari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va yetakchi tahlil markazlari vakillarining ushbu forumda ishtirok etayotganinidan mamnuniyat bildirgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti o‘z Murojaatida  Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttakiy  boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasini mamlakatga tashrifi bilan qutladi.

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi anjumanda 20 dan ortiq davlatdan, shuningdek, yetakchi xalqaro tuzilmalar – BMT, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotidan 100 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing